— Hazrati Kursdosh, anchadan beri postlarni qichitmay qoʻydingiz?
— Shu desang sira toʻlmaydigan olaxoʻrjinim bor. Aylantirib shuni toʻldirishga harakat, uka. Istasang senam boʻyningga bir ilib koʻr, keyin birga-birga qichitiiib yurardik. 😂
9/6/2024, 6:23:40 PM
BARCHA UNIVERSITETLAR SIRTQI va Masofaviy TA'LIM yo'nalishi talabalari uchun NOYABR-DEKABR-YANVAR oylarida Germaniyada sayohat, amaliyot o'tash hamda ishlab kelish imkoniyatini qo'lga kiriting.
👈 so'zini ustiga bosish orqali olishingiz mumkin. O'QIB CHIQING, agar shundan so'ng savoliz bo'lsa, Iltimos, ish soatlarida bizga murojaat qiling!
⏰ Qabul 22-sentyabrga qadar
👈
📞+998914117437
+998990259595
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi rasmiy sahifalari:
| |
9/6/2024, 3:20:50 PM
Assalomu alaykum, bu admin oylik olmagunicha yozmaydiyov, deb turgan jigarlarim. Chindan ham shundaymi, deyman-da, kayfiyat yoʻq. Karta hisobi nol, banklar esa poylab turibdi. Kreditni qaysi bir tez yechari oʻynamoqchi. Shular qatorida menam bor, boshqa kartani hozirlab turibman. Kechga chempion aniqlanadi. 😂
9/6/2024, 10:15:17 AM
Termizda 800 ming so‘mga Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamalibdi. Qo‘ymanglar shu bechora talabalarni. Nima bo‘lsa, nima qilinsa bittada shularni olib bosasilar. Qilgan ishi noqonuniydir, amma uni faqat talabalar qilmayotgandir?.. Balki talabalarimiz ataylabdan qonunlar ishlayotganini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishayotgandir. Qaydam, yaxshi gumonda bo‘laveramiz. 😁
6/8/2024, 12:46:51 PM
Shartta davlat ishini yig‘ishtirib, videokontent va loyihalar bilan ishlashni boshlavorsammi, deb qolaman ba'zida. Boshlanishiga biroz moddiy ko‘mak zaruratini aytmasa, bu borada tajriba va bilim yetarli. Imkoniyatlar 99 foizni tashkil qiladi. Internet bilan muomala, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarning har qanday turidan mukammal foydalana olamiz. Har birining tilini yaxshi tushunamiz, boshqacha aytganda. Jamoa to‘plash, idea qilish esa muammo bo‘lmaydi, Xudo xohlasa. Qolganini bang‘illatvorardu.
Ishimni yaxshi ko‘raman-da, bo‘lmasa...
6/8/2024, 10:51:02 AM
Hamma tanish singilchalarni turmushga chiqarib, unashtirib boʻldim. Bitta tabi nozik ukam qolgan, hech unamayapti-da.
Uka, buyogʻiga odamlar shubhalanishni boshlaydi. Aytib qoʻyay, akalik burchim. Keyin mendan o‘pkalab yurmagin. Yana bir gap, keyin yoshrogʻini umid qilma. Vijdoning boʻlsa, albatta. Zero ular ham yoshrogʻiga munosibdir.
6/8/2024, 6:11:53 AM
Shu toza toshkentlik birodarlargayam rahmat, viloyatdan kevolib shevasini buzib-buzib gapirib tashlayapmiz, g‘ing demayapti.
To‘g‘risiyam, bunaqa narsalarda seniki-meniki ketmaydi. Bir ming bir yuz kilometr uzoqdagi Xorazm shevasiyam bizniki, tosh shahar Toshkent shevasiyam o‘z-o‘zimizniki. Qo‘lingdan kelsa andijoncha gapir, eplasang namangancha so‘zla, bari o‘zbekniki.
Uni buni qo‘ying, 2003 lar, hammasi joyidami? ✊😁
6/3/2024, 10:26:25 AM
Bu qizning taqdiri nima bo‘ladi? Taxmin qilib ko‘ramiz.
1. Aniq intizomiy chora oladi.
2. Uzr so‘rab chiqishi tayin.
3. Kuni kelib samosud bo‘ladi. Hammasidan ham shunisi aniq.
4. Yana chiqib farqi yo‘q, degani bilan hozir ichi o‘tib yotibdi, o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi.
5. Afsuski, bu hayotdan shundayligicha o‘tib ketadi. O‘zgarmaydi.
P.s: buni ertalab yozib qoʻygandim. Joylash esdan chiqibdi. Uji u qamagʻda ekan-ku)
6/3/2024, 8:33:03 AM
Bugun bolalar kuni. O‘g‘lim bilan telefonda gaplashayotib, bir zumga xayol qochdi. Agar u Falastinda och, Ukrainada boshpanasiz qolayotgan tengdoshlarini, ularning qo‘rquvdan katta-katta bo‘lib ketgan ko‘zlarini, titroq tanalarini ko‘rganida yoki dunyoda nimalar sodir bo‘layotganini tushunganida "Dada, menga bu bayram kerakmas, uyda o‘tiraman" deb xonasiga qamalib olardi. Tatimaydi-da. Unda mening xarakterim bor. Aniq shunday bo‘lardi. Yaxshiyamki hali bunday narslarga aqli yetmaydi.
Zamonamiz doim tinch bo‘lsin, dunyo quvonchingizga to‘lsin, nigohingizda faqat sevinch porlab tursin. Biz sizlarni yaxshi ko‘ramiz, aziz bolajonlar!
6/1/2024, 6:49:32 AM
Davlat tashkilotlarining hech birida hozir ish osonmas. Hammasi-ku, mayli shu Vatan uchun. Lekin tizimda bir maraz odat borki, buni tag tugi bilan yo‘q qilish kerak. U bora-bora bizni sindiradi.
Yarim kechagacha qolib ishlash va boshliqning ketishini kutish. U ketganidan keyin ketish. Shu qatori, ertaga qilsa bo‘ladigan ishni kechasi davom ettirish va hk. Qolganlarga nisbatan muhimroq lavozimda o‘tirganlarni ko‘proq nazarda tutyapman.
Boshlig‘ing biror muhim ishni bajarib turgan bo‘lsa-ku mayli, ammo qahva ichib, kino ko‘rib shunchaki yotgan bo‘lsa, orqang shunaqangi yonib ketadi, asti chidolmaysan.
Natijadorlik o‘z yo‘liga. Bunaqa usulda biror nimaga erishib bo‘lmaydi, baribir. Lekin... Uyda dadasini kutib, uxlamay o‘tirgan bolalar-u, eri kelmagunicha ovqatlanmay turgan ayollar uchun ham buni tuzatish kerak!
5/25/2024, 4:39:35 PM
Hozirgi bolalarga tushunmayman. Nima istayotganini o‘zi bilmaydi. Mana, masalan, qo‘shnimning o‘g‘li mashinam oynasiga "Meni yaxshilab cho‘miltir" deb yozgan ekan. Bolaning ko‘ngli qolmasin deb aytganini qildim. U bo‘lsa, vannaga kirmayman, deb rosa to‘polon qildi.🤦🏻♂️
5/25/2024, 3:12:48 PM
Hamma maktabni tugatganiga nechchi yil bo‘lganini eslab, post qilyapti ekan. Men 4 ta maktabni tomomlaganman, turli yillarda. Qaysinisini yozsam ekan? Qaysini yozishimning ahamiyati yo‘q, aslida. Haqiqat bitta, endi u davrlar qaytib kelmaydi. Orqaga qarashga esa yurak betlamaydi. Faqat hozir va men bor. Tamom.
Katta hayotga qadam qo‘yayotgan (hozirgilar katta hayotga 5-sinfdan chiqyaptiku-ya) uka-singillarimizga yuksak zafarlar tilayman. Siz ozodsiz!
5/25/2024, 7:50:16 AM
Toshkent axborot va texnologiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari Yandex haydovchisiga pichoq tirab, uni tunamoqchi (boshqa nima maqsad bo‘lishi mumkin) bo‘lgani va qamoqqa olinganini eshitgandirsiz.
Hali universitetingizda profilaktik tadbirlar boshlanib ketmadimi? Alohida suhbatlar, majlislar, diniy va huquqiy yig‘ilishlar, tushuntirish ishlari, o‘rganishlar olib borilmayaptimi? Pichoq bilan o‘ynashgan ular, baloga qolgan minglab talabalar bo‘lmasaydi)
5/1/2024, 3:57:05 AM
Inson borki, odatda oʻzidan yaxshilarga havas qilib, ulardek boʻlishga, ulardek yurishga harakat qiladi. Masalan, mashina mingisi, dangʻillama uy olgisi, matizni lacettiga almashtirgisi, Ranalduga o‘xshagisi keladi. Vahokazo, ikki koʻzi ular bilan, dardi-xayoli shular bilan band boʻladi. Shu bois pasdagilarni, balki oʻzidanda yomonroq ahvolda yashayotganlarni koʻrmaydi. Yordam koʻproq kerak boʻlganlar ana shuday e’tibordan chetta qolib ketadi.
4/30/2024, 1:59:16 PM
Ma'lumot uchun, shuni boshlaganman hozir. Oldindan mazkur hikoyalar to‘plamiga biror nima deyolmayman, ammo Yozuvchidan ko‘p narsa kutganman. Hafsalam pir bo‘lmaydi, degan umiddaman.
4/30/2024, 11:21:51 AM
Shu postini hammaga oxirigacha o‘qitmasa bu Hazrati Kursdosh boshqa post qo‘ymaydi-yov, deb turgan jigarlarim, ichimsiz-da, ichimsiz.
Joningiz omon bo‘lgurlar, biroz vazifalar ko‘payib qoldi. Lekin o‘ylamang, ora-orada qichitib turamiz. 😉
4/30/2024, 6:05:27 AM
O‘zbek internet olamida oila qurishning asosan yomon taraflari ko‘proq muhokama bo‘lgani bois, uning ijobiy tomonlari ko‘rinmay qolyapti.
Jigarlarim, bosinglar, men javob! Vaqti soati kelganda qo‘rqmasdan albatta turmush qurish kerak. Vaqti kelsayam cho‘zib yurish yaramaydi. Oila qurish, farzandlar dunyoga keltirish — bu chinakam baxt!
Ha, vaqti yetib, tanlovga kelganida qiyin bo‘ladi. Axir bir umr shu inson bilan yashaysiz. Uni esa paypoq alishtirgandek alishtirib bo‘lmaydi. Allohdan adashmaslikni so‘rang, aqlingiz va qalbingizga birdek quloq soling. Munosibga munosib bo‘ling.
Imkoni boricha sevganingiz va sevilganingiz bilan umringizni birlashtiring. Bu turmushda turli vaziyatlar, kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Ayrim narsalarga ko‘z yumish, kechirish va kechirilish kerak bo‘ladi. Sevishganlar esa bir-birlaridan ayb qidirmaydi, kechirimli va iltifotli bo‘ladi. Kelishmovchiliklar uzoqqa bormaydi, muammo tez unutiladi.
Bil'aks, uydagilar roziligi, ularning tanlovi va qistovi, ya'ni sovchilik orqali avval tanimagan va bilmagan inson bilan turmush qursangiz, tamom o‘tmishni unutib sevish va sevilishga chinonam harakat qiling. Oilada sevgi muhim!
Internetdagi, sizningcha, qo‘rqinchli voqealar, kinolardagi maishiy muammolar, odamlarning gap-so‘zlari va ayniqsa ersiz qolgan, erkaklarga yashirin nafrati bor qo‘shtirnoq ichidagi ayrim psixolog juvonlarga umuman e'tibor bermaymiz.
Ajrim. Juda xunuk so‘z. Uning amali esa qo‘rqinchli. Ha, bundan qo‘rqing. Bu amalga oshgandan keyin hech biri avvalgilariga o‘xshamaydi. Ayrim majburlikdan qilinadigan ajrimlar bundan mustasno. Ammo arzimas sabablarga ham ko‘nmasdan, turmush qiyinchiliklariga chidab ko‘rmasdan shoshilinch qaror berib yuborish bo‘lmaydi. Bu qo‘rqoqlik va tadbirsizlik.
Turmush o‘z nomi bilan turmush. U o‘yinchoq, oila o‘yin maydoni emas. Shu bilan birga, u muqaddasdir. Ho‘llab qo‘ysangiz istagan payti almashtiriladigan bolalar tagligi emas. Yostig‘ingiz bitta bo‘lishidan oldin buni anglab yetishingiz kerak. Qolaversa, er-xotin bo‘lish, farzandlar dunyoga keltirish, avlod surish diniy tomondan ham, qonuniy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Umuman olganda barchasi o‘z qo‘lingizda. Yaxshisiniyam, yomoniniyam o‘zingiz yaratasiz. Ishonch, sevgi, mehr — oilaning ustunlari shular. Qolganiga Alloh madadkor bo‘lsin!
Boring, turmush quring! Seving va yashang!
4/29/2024, 5:14:48 AM
Ayni paytda Oʻzbekistonda aholi soni 37 millionga yetgan bo‘lib, shundan ayollar soni – 18,4 millionni, erkaklar soni – 18,6 millionni tashkil etarkan.
Nikohlar soni – 48 582 ta.
Nikohdan ajralishlar soni – 11 481 ta.
Tashqi migratsiya:
ko‘chib kelganlar – 561 nafar;
ko‘chib ketganlar – 2586 nafar.
P.s: 11 481 ta ajrim bor ekan. Bu juda yomon. Shuncha sa’y-harakat qayga ketdi? Men buyoqda uylantirolmay yotibman. Bular bo‘lsa, qo‘yinglar-e. Oilaniyam pachag‘ini chiqarvordilaring! 🤦♂️
4/28/2024, 11:15:17 AM
Zo‘ravonlikka uchragan yigitlar... viiiy, yomon eshitilarkan, avvalo o‘zingizga ishoning. Ishonmasangiz eng yaxshi variant — orqaga qaramay qochamiz. Tavba qildim.😂🤦🏻♂️
4/27/2024, 6:43:09 AM
❗️Zo‘ravonlikka uchragan ayol-qizlarimiz darhol bog‘lanishi mumkin bo‘lgan raqamlar:
☎️IIV Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish ishonch raqami: 1259
☎️Respublika zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi: 1146
☎️IIV ishonch telefoni: 1102
☎️IIV Xotin-qizlar bilan ishlash boshqarmasi: +998 (71) 256-14-18
4/27/2024, 5:57:17 AM